Biz uni RIBAMBELLEning eng yaxshi anʼanalari asosida, shunchaki restoran shaklida emas, undan kattaroq va mahobatliroq maskan yaratdik: Tashkent City Mall savdo-koʼngilochar markazining 3 qavatidagi katta yorugʼ joyda restoranning asosiy qismi, katta ayvoni, ikkita alohida banket zali, art-studiya, pazandalik studiyasi va bolalar uchun tovarlar hamda yoqimli uy-roʼzgʼor buyumlari bilan toʼldirilgan burchak joylashgan. Yana bir alohida burchakni Candy-bar egallagan, u yerda barcha katta-kichik mehmonlar oʼz didiga mos shirinliklarni topishi mumkin.
Eng asosiysi esa — yangi RIBAMBELLEda naqd uchta bolalar maydonchasi: biri — eng kichkinalar uchun, ikkinchisi— uychalar, tepaliklar, koptokchalar hovuzi bilan jihozlangan 3 yosh va undan katta bolalar uchun. Uchinchi shaharcha — har qanday yoshdagi bolalar uchun yumshoq toʼshamali oʼyin maydonchasi — Tashkent City shahar bogʼining ajoyib manzarasi koʼrinib turadigan ayvonning qoq markazida joylashgan.