Bir emas, naqd uchta bolalar shaharchasi - vaqt sezilmay o'tadigan ertaklar dunyosi: kichkintoylar ota-onalari nazorati ostida o`z bolalik yumushlari bilan band bo`ladigan hudud; kattaroq yoshdagi bolalar uchun haqiqiy uylar, uchish uchun tepalik va koptokchali hovuz joylashgan katta olamning kichraygan nusxasi. Va yana bir shaharcha – har qanday yoshdagi kichkintoylar uchun yumshoq to`shamali o`yin hududini biz ayvonning markazida jihozladik – ota-oanlari bolalari yonlarida o`ynab o`tirganini bilib, osuda hordiq chiqarib, sevimli taomlaridan baxramand bo`lishlari uchun.