Keng asosiy zal va Tashkent City shahar bog`iga qaragan yorug` ayvon, ikkita alohida tantanalar zali, art-studiya va pazandalik studiyasi, bolalar va uy uchun kerakli yoqimli mahsulotlar bilan jihozlangan korner, har bir mehmon ta`biga mos shirinlik topa oladigan Candy-bar, va uchta bolalar shaharchasi - bularning barchasi O'zbekiston poytaxtining qoq markazida, qariyb 1200 kvadrat metr maydonda joylashgan bo'lib, bir vaqtning o'zida 246 nafar kichik va katta yoshdagi mehmonlarni qabul qila oladi.