RIBAMBELLE – shunchaki restoran emas
RIBAMBELLE har bir oila a'zosining onini, kunini, hayotini, ozgina bo'lsa-da, baxtliroq qiladi. Biz oilalarga birgalikda vaqt o'tkazish quvonchini his qilishlariga, avlodlar o'rtasida yangi qiziqishlarni shakllantirishga, asosiy oilaviy bayramlarni - tug'ilgan kunlar va yubileylarni tashkil etishda yordam beramiz, keksa buvijoningizga uni yaxshi ko`rishingizni yana bir bor eslatish uchun yubormoqchi bo'lgan shirin guldastalarni yaratamiz.

Biz haqimizda

Bizni nima boshqaradi?
Qadriyatlar – bu bizning koordinat tizimimiz va kundalik hayotimizdagi kompas. Brend va butun jamoamiz DNKsidagi asosiy qism.
Qadriyatlar
Отступ для скролла
Sehr
Biz zamonaviy dunyoda ham sehr yashashiga ishonamiz. Uni RIBAMBELLEdan topsa bo`ladi. Farzandingiz ertakona o`yin maskanida yoki sehrli shou-dastur bilan band bo`lganida vaqt siz uchun to`xtab qolishiga ruxsat bering: hozirgina damlangan xo`shbo`y qaxva hididan baxra oling, atrofga nazar soling, derazaga boqing – sehr shu yerda. Har bir lahzada.
Bolalar ulg`ayadi, muhabbat esa qoladi. RIBAMBELLE bilan mehmonlrimiz ham ulg`ayadi: doimiy kichkintoy mijozlarimiz tug`ilgan kun tortlarida bitta, uchta, yettita va hatto o`nta shamni o`chirgan onlarini eslaymiz. Qachonlardir singillari va ukalari bilan kelgan mehmonlarimiz endilikda RIBAMBELLEga o`z farzandlari bilan tashrif buyurmoqda. Demak RIBAMBELLE – bu doimo qaytib kelishni orzu qiladigan maskan.
Baxt an`anaga aylanganida
Xavfsizlik va g`amxo`rlik
Yengil nafas oling. Farzandingiz o`yin bilan band, unga qiziq va u xursand, bolangiz ishonchli nazorat ostida va mutlaq xavfsizlikda. Endi vaqtingizni o`zingiz, oilangiz yoki do`stlaringizga ajrating. Sevimli shirinligingizni tanlang va mutolaa qiling. Ichimlik buyurtma qiling va dugonalar bilan gurunglashing. Yuz yildan buyon uchrashmagan do`stlaringiz bilan kechki ovqatni birga tanovvul qiling. Farzandingiz to`g`risidagi g`amxo`rlikni esa biz zimmamizga olamiz.
Onalar, otalar, bolalar, buvilar, buvalar, yaqin do`stlar – so`zsiz RIBAMBELLEning asosiy mehmonlari va eng muhim qadriyati. Ribambelle d'enfants frantsuz tilidan “bolalar to`dasi” degan ma`noni anglatadi. RIBAMBELLEning sevimli mehmonlari aynan bolalar ekanini tushunish qiyin emas albatta. Biz ishonamiz – bolani yaxshi qilishning asosiy talabi – uni baxtli qilishdir.
Oila va baxtli bolalik
Hammasi qanday boshlangan edi?
RIBAMBELLE asoschilari Yuliya Fedorishina va Oygul Musaxanova o‘z faoliyatini Pricewaterhouse Coopers konsalting kompaniyasida boshlagan. Farzandli bo`lishlari bilan ularning har biri hatto juda katta oilaning barcha a'zolari o'zlarini yaxshi his qiladigan maskanni orzu qila boshladilar. Birgalikda orzu qilish yanada samaraliroq deya qaror qilib, qizlar hamkor bo'lishdi va 2012 yil 6 sentyabrda to'rtta RIBAMBELLE restoranining birinchisi Vremena Goda galereyasida ochildi.
RIBAMBELLE tarixi
O`z shahringizda RIBAMBELLEni ochmoqchimisiz?
Bugungi kunda RIBAMBELLE restoranlari nafaqat Moskvada muvaffaqiyatga erishgan. 2020 yilda RIBAMBELLE Qozog'istonda ochildi. Agar sizning shahringizda barcha oila a'zolari birgalikda baxtli bo'ladigan sehrli maskan bo'lmasa, bu haqda bizga yozing va biz bu vaziyatni qanday qilib tuzatish mumkinligi to`g`risida aytib beramiz.
Franshiza
RIBAMBELLE oilasi a`zosiga aylaning
Rejalarimiz o`lkan va biz bilan oilalarni baxt va quvnoq bolalar kulgisi bilan to'ldirishda o`z g`ayratini ayamaydigan qahramonlar kerak! Qaysi super kuch sizga mos kelishini tanlang va balki aynan siz tez orada bizning ahil jamoamiz a`zosiga aylanasiz.
RIBAMBELLEda ishlash
Taassurotlaringiz biz uchun muhim!
RIBAMBELLEda ilgari bo`lganmisiz?
Tugmani bosish orqali siz shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashga va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.
Iltimos, izohingiz bilan o`rtoqlashing: